O’zbekistonda IT sohasining taraqqiyoti va hozirgi kunda unga bo’lgan talab

Yurtimizning ko’pgina viloyatlarida IT park tashkil e’tilib kelinmoqda .Ma’lumki ,ko’pchilik IT park haqidagi tushunchaga ega emaslar. Chunki axborot texnologiyalari sohasidagi bu kabi ibora biz kabi barcha yoshlar , jumladan tengdoshlarim uchun ham ajoyib yangilik bo’ldi . Men o’ylaymanki, bundan keyin IT park yurtimizning hamma joylarida tashkil etiladi va uning mohiyati yanada takomillashib borgani sari IT sohasiga qiziquvchilar uchun keng ma’lumotlar eshigini ochadi !!! Shuningdek , IT park – dasturlashga qiziquvchilar va bu soha vakillariga juda ham katta imkoniyat bera oladi deb ayta olaman.

Uzbek Coders loyihasi ham kelajakda IT sohasidagi malakali kadrlarni yetishtirib chiqarishda katta ko’mak bera oladi deb ayta olaman . Chunki bu loyiha tufayli men va tengdoshlarim ,qolaversa barcha yoshlar mutlaqo bepul kurslarda tahsil olmoqdalar !!! Bizdan talab etilayotgan vazifa – faqatgina qunt bilan o’rganish , kuniga kamida 2 soat vaqt ajratib bilimlarni o’zlashtirishdan iboratdir !!! Bunday imkoniyat menimcha boshqalarni ham quvontirgan bo’lsa kerak . Bu kursni o’rganish davomida biz boshlang’ich bilimlarga ega bo’lamiz. So’ng yakuniy imtihonda yuqori natija olib,yanada chuqurlashtirilgan kurslarni o’rganishimiz mumkin. Chuqurlashtirilgan kurslarni o’rganganimizdan so’ng, biz ancha bilimlarga ega bo’lgan holda o’zimizning loyihalarimizni yaratishimiz mumkin .Siz ham bu imkoniyatdan foydalaning  , hali ham kech emas ro’yxatdan o’ting .Boshlang’ich bilimlarni qunt bilan o’rgansangiz 2 hafta mobaynida mukammal o’zlashtira olasiz, deb aniq ayta olaman !!!