60ta Oliy Ta’lim Muassasalari quyosh fotoelektr qurilmalaridan foydalanishga o‘tadi.
Oliygohlarning asosiy o‘quv binosi va yotoqxonalariga quyosh fotoelektr qurilmalari o‘rnatiladi. “O‘zeltexsanoat” uyushmasida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada ular 11ta kompaniya bilan shartnomalar imzoladi. Zarur mablag‘ davlat budjetidan ajratilmoqda.
O‘zbekistondagi 60ta oliy ta’lim muassasasi o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlash uchun quyosh fotoelektr qurilmalarini sotib olmoqda. OTMlar 26-30 iyul kunlari “O‘zeltexsanoat” uyushmasida bo‘lib o‘tgan ochiq ko‘rgazmada turli kompaniyalar bilan 300 milliard so‘mlik shartnomalar imzoladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
11ta kompaniya OTMlarga 4 600 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik qurilmalarini yetkazib beradi. Fotoelektrik qurilmalar o‘quv binolari va yotoqxonalarga o‘rnatilishi kutilmoqda.
Davlat oliygohlarining binolari 2025 yilgacha bosqichma-bosqich to‘liq quyosh fotoelektrik tizimi bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Mablag‘lar davlat budjetidan sarflanadi.